Huawei 1
Sel xavfi sababli Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha parvozlar amalga oshiriladi

 Farg‘ona vodiysida noqulay ob-havo sharoiti yuzaga kelganligi sababli hamda yo‘lovchilarga harakatlanish uchun qulaylik yaratish maqsadida, faqat 2022 yil 5 may kuni “Uzbekistan Airways” AJ Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Qo‘shimcha aviaqatnovlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan):  

HY-085 Toshkent – Farg‘ona  15:00 / 16:00
HY-086 Farg‘ona – Toshkent 17:00 /  18:00

HY-095 Toshkent – Namangan 19:00 /  20:00
HY-096 Namangan – Toshkent 21:00 / 22:00

Qayd etilishicha, aviachiptalarni 3% chegirma bilan aviakompaniyaning rasmiy sayti www.uzairways.com dan sotib olish mumkin.

Shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan ham chiptalarni xarid qilish imkoniyati mavjud.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60407 | Инструменты