Bugun, 30-sentabr kuni Qibray tumanida joylashgan Toshkent Davlat agrar Universiteti hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Holatga Qishloq xo‘jaligi vazirligi ham munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent davlat agrar universiteti 28 gektar maydonni egallagan bo‘lib, universitet hududida bir qancha tashkilot va idoralar, xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyat olib boradi, jumladan, Ekologiya va artof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosi ham universitetning bir qismida joylashgan.
"Universitet binolaridan birida sodir bo‘lgan deb ta’kidlanayotgan yong‘in aynan O‘rmon xo‘jaligi agentligi joylashgan binoning tom qismida sodir bo‘lgan", deyiladi xabarda.
Yong‘in sodir bo‘lgani taxminan 20:10 atrofida aniqlangan va shu zahoti FVV Yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar berilgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:17da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:36 da qurshab olingan va soat 22:10 da batamom o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida maʼlumot kelib tushmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100600 | Инструменты