Senatorlar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topuvchi qonunni ma’qulladi.
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga, xavfsizligiga zid bo’lgan, davlataro milliy, diniy adovatni keltirib chiqaruvchi, o’zbek xalqining sha’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar yoki harakatlar sodir etgan shaxslar mamlakatda bo‘lishi nomaqbul deb topiladi.
Bunday shaxslar O‘zbekistondan deportatsiya qilinadi va besh yil davomida O‘zbekistonga kirish, banklarda hisobvaraq ochish, ko‘chmas mulk sotib olish, davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etish, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishishi taqiqlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11512 | Инструменты