Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning sentabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan qadrsizlanishi uy-joylar uchun ijara narxlarining dollardagi qiymati oshishiga olib keldi. Natijada, AQSh dollari hisobida ijara narxlari avgust oyidagiga nisbatan ko‘tarildi. Shuningdek, yangi o‘quv yili boshlanishi bilan ijaraga beruvchilarning ijara narxlari oshishi bo‘yicha kutilmalari taklif etilayotgan narx-navoga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.
O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasi
Mazkur davrda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun taklif qilingan o‘rtacha ijara narxlari avgust oyidagiga nisbatan quyidagicha ko‘tarilgan.
Nisbatan arzon ijara narxlari:
Nisbatan qimmat ijara narxlari:
To‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasi
Mazkur davrda to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari quyidagicha qimmatladi.
Nisbatan arzon ijara narxlari:
Sergeli tumani (1 xonali – 318 dollar, 2 xonali – 419 dollar, 3 xonali 497 dollar, 4 xonali – 588 dollar);
Uchtepa tumani (1 xonali – 355 dollar, 2 xonali – 464 dollar, 3 xonali – 535 dollar, 4 xonali – 550 dollar).
Nisbatan qimmat ijara narxlari:
Mirobod tumani (1 xonali – 479 dollar, 2 xonali – dollar, 3 xonali – 1075 dollar, 4 xonali – 1462 dollar);
Shayxontohur tumani (1 xonali – 535 dollar, 2 xonali – 746 dollar, 3 xonali – 1094 dollar, 4 xonali – 1369 dollar).
Ijara narxlari olx.uz platformasidan veb-skreping orqali olingan ochiq ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Bunda 2025 yilning sentabr oyi uchun 28,2 mingta va avgust oyi uchun 31,6 mingta ma’lumotdan foydalanilgan. Har ikkala davr uchun tahlillar narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100717 | Инструменты