Huawei 1
Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi

“Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–180-son, 04.10.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan  quyidagi shartlarga javob beradigan chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilishni nazarda tutuvchi chet el fuqarolarining daromadlarini soliqqa tortishning maxsus soliq rejimi joriy etiladi:

- 50 ming AQSH dollari miqdorida maxsus yig‘im to‘lash;

- O‘zbekiston Respublikasidagi maxsus vakolatli tijorat bankida bank hisobvarag‘ini yoki maxsus vakolatli kripto-birjada kripto-hamyon ochish.

Ketma-ket o‘n ikki oylik davr davomida jami 30 kalendar kundan ko‘proq O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxslar ular mulk yoki ijara huquqi asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida turar joy ko‘chmas mulk obyektiga ega bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100716 | Инструменты