Huawei 1
Shahrisabz va Qamashi tumanlarining tog'li hududlarida zamonaviy turizm obyektlari barpo etiladi

O'zbekiston Prezidentining "Qashqadaryo viloyatining tog'li-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat ko'rsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari to'g'risida" qaror qabul qilindi

Hujjatga ko'ra, xorijiy davlatlarning malakali ekspertlari va yetakchi kompaniyalari ishtirokida Shahrisabz tumanining "Miraki", "Amir Temur", "Uloch" va "Polmon" mahalla fuqarolar yig'inlari hududidagi umumiy maydoni 240 gektar bo'lgan yer uchastkasida zamonaviy xizmat ko'rsatish majmualari va turizm infratuzilmasi obyektlari qurilishi bo'yicha reja ishlab chiqariladi.

Qarorda, shuningdek, Qamashi tumanining "Katta o'ra" mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi umumiy maydoni 58,6 gektar bo'lgan yer uchastkasida mehmonxona, sog'lomlashtirish sanatoriysi, umumiy ovqatlanish obyektlari, dor yo'llari, tog'-chang'i kompleksi va boshqa turistik ahamiyatga ega obyektlar barpo etishni nazarda tutuvchi master loyihasi ishlab chiqilishi qayd etilgan.

Bundan tashqari, Shahrisabz tumani hududidagi umumiy maydoni 240 gektar bo'lgan yer uchastkasida "Shahrisabz" turistik markazi, Qamashi tumani hududidagi umumiy maydoni 58,6 gektar bo'lgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkasida "Maydanak baland tog'" turistik markazi tashkil etiladi.

Davlat rahbari tomonidan imzolangan qarorga binoan, "Shahrisabz" va «Maydanak baland tog'» turistik markazlarini rivojlantirish va boshqarish uchun davlat muassasasi shaklida Qashqadaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish departamenti tashkil etiladi. Hujjat bilan "Shahrisabz" va "Maydanak baland tog'" turistik markazi hududi chegaralari ham tasdiqlandi.

Unga ko'ra, Shahrisabz tumanining "Miraki", "Amir Temur", "Uloch" va "Polmon" mahalla fuqarolar yig'inlari hamda Qamashi tumanining "Katta o'ra" mahalla fuqarolar yig'ini hududlarida xususiy investitsiyalarni jalb qilgan holda 2024-2025-yillarda qo'shimcha mehmonxonalar, mehmon uylari, xizmat ko'rsatish majmualari va dam olish maskanlarini qurish maqsadida bo'sh yer uchastkalarini 10 yil muddatda teng ulushlarda bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan auksion savdolariga chiqariladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120413 | Инструменты