Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

24-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Suhbat avvalida Tojikiston Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan tabriklab, Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Joriy yilning 10-11-iyun kunlari Tojikiston Respublikasiga rasmiy tashrif yakunlari boʻyicha qabul qilingan bitim va kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqilgan. Shuningdek, mintaqa kun tartibi, shu jumladan Afgʻonistondagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashilgan. 

Oʻtgan haftada Toshkentda oʻtgan Markaziy va Janubiy Osiyo bogʻliqligi boʻyicha xalqaro konferensiyaning muvaffaqiyatli natijalari yuksak baholangan. 

Kelgusi oyning boshida Turkmanistonda mintaqa davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini hamda joriy yilning sentyabr oyida Tojikistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini oʻtkazishga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga