Huawei 2
Yakkasaroy tumani hokimiyati huquqshunosi maktab basseynida halok bo‘ldi

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimiyati huquqshunosi maktab basseynida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 18-aprel kuni soat 15:30 lar atrofida 1970-yilda tug‘ilgan erkak (Yakkasaroy tumani hokimiyati huquqshunosi) Yakkasaroy tumanida joylashgan maktabdagi basseynda cho‘milganda ahvoli yomonlashib, vafot etgan. 

Marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. 

Prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga