Huawei 1
Shaxsga doir maʼlumotlardan qonunga xilof ravishda foydalanish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Adliya vazirligi fuqarolarni shaxsga doir maʼlumotlarga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga chaqirdi.

Chunki turli to‘lov operatorlari va ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlar tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish, shu jumladan, davlat xizmatlari ko‘rsatishda ularning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlari orqali yordam ko‘rsatish taklif qilinmoqda.  

Biroq, aksariyat hollarda tadbirkorlar va to‘lov operatorlari tomonidan aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar yakuni bo‘yicha shaxsga doir maʼlumotlarning yig‘ilishi hamda bu maʼlumotlar boshqa shaxslarga berilishi va oqibatda undan turli g‘araz niyatlarda foydalanish holatlari kuzatilmoqda.  

Lekin shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.  

«Shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risida»gi qonunda mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek, uchinchi shaxsning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlari o‘ziga ishonib topshirilgan yoki kasbiy, xizmat yoxud mehnat majburiyatlarini bajarishi sababli maʼlum bo‘lib qolgan shaxsga doir maʼlumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘ymasligi belgilangan.  

Shunday ekan, shaxsga doir maʼlumotlarni duch kelgan kishilarga, shaxsingizga oid maʼlumotlarni sir saqlashni kafolatlay olmaydigan subyektlarga taqdim etmang. Aks holda ular maʼlumotlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanishi mumkin. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111412 | Инструменты