Taniqli ekspert Shohida Ibragimova moliyaviy savodxonlikdan dars berib 2 oyda 300 nafar o'quvchini natijaga chiqargani sababli Interrecord Xalqaro rekordlar kitobiga kiritildi.
Qayd etilishicha, u ushbu darslarni Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq, mamlakatdagi oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini hamda bandligini oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, gender tengligini ta’minlash maqsadida tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, Shohida Ibragimova, avvalroq, maktablarda Moliyaviy savodxonlik fanini kiritilishini so’rab Prezidentga taklif bilan chiqqan va bunga erishgan. Hozirgi kunda moliyaviy savodxonlik fani 8, 9, 10, 11-sinflarning ta’lim dasturiga kiritilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52221 | Инструменты