Huawei 1
"Shu kunlarda ololmayapman to'yib nafas" — Faollar toza havo uchun fleshmob uyushtirishdi

O‘zbekistondagi taniqli faollar juma kuni aholi va hukumatning eʼtiborini og‘irlashib borayotgan ekologik muammolarga qaratish maqsadida Toshkent shahri markazida #TozaHavoKerak fleshmobini o‘tkazishdi.

Aksiyada ekobloger Moʻtabar Xushvaqtova (O‘rikguli), reper Konsta, stendapchi Mirshakar Fayzullayev, blogerlar Umid Gafurov, Mirzayor Erkinov,  Aʼzam Qahramoniy, Saʼdulla Abdullayev va boshqalar qatnashgan.

Mirzayor Erkinov telegram-kanalida fleshmobdan maqsad ko‘proq o‘zbekistonliklar ekologiya bilan bog‘liq holatga befarq bo‘lmasligi, kurashishiga chorlov ekanini taʼkidlagan.

"So‘nggi yillarda yurtimiz hududida nafas olish yo‘llari bilan bog‘liq kasalliklar ko‘paygani sayin daraxtlar kesilishi, turar joylar tinimsiz qurilishi, avtomobillar ham haddan ziyod ko‘payib ketgani sezilyapti, suvning qadriga yetilmayotgani va eng yomoni — turli zaharli gaz, chang, tutunlar chiqaradigan zavod-fabrikalarning to‘porilarcha ishlashi ham aholi salomatligida o‘zining izini ko‘rsatyapti.

Fleshmobdan maqsadimiz ko‘proq o‘zbekistonliklar ekologiya bilan bog‘liq holatga befarq bo‘lmasligi, kurashishiga chorlov. Bugun Vatan himoyachilari kuni, uning musaffo osmonini va odamlarini qurol emas, tabiatga nisbatan munosabat bilan ham himoya qilsa bo‘ladi. Har bir o‘zbekistonlik o‘zi uchunmas, atrofidagilar uchun ham masʼulligi darajasini oshirishi kerak.

Undan kutayotgan maqsadimiz — hukumatning masʼul bo‘g‘inlari ekologiya masalasini kun tartibida ushlab turishi, qatʼiy-qatʼiy choralar ko‘rishi, daraxtlar kesilishiga shunchaki jarima bilan javob bermasligi, qurilishlarni kamaytirishi va tabiatni asrashda jiddiyroq qonunlar qabul qilishi", degan u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90710 | Инструменты