Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘i bilan Normurodov Shuhrat Abdug‘afforovich Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Normurodov 1989-yilda Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – folklor-etnografik jamoalari tashkilotchisi.
Mehnat faoliyati Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi direktor o‘rinbosari, Madaniyat vazirligi investitsiyalarni jalb qilish va madaniy turizmni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar u 2022-yildan buyon Oliy Majlis Senati hamda BMT taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi konsultanti lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42003 | Инструменты