Prezident Farmoni (PF-46-son, 11.03.2024 y) bilan “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoniga o'zgartirish va qo'shimcha kiritildi.
Farmonga ko'ra, 2024-yil 1-maydan Sirdaryo daryosi o'zanidagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi, shuningdek, noqonuniy qazib olish ishlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Sirdaryo daryosining yuvilgan qirg'oqlarini mustahkamlash, qirg'oq bo'yi mintaqasidagi buzilgan yerlarning tabiiy holatini qayta tiklash va reabilitasiya qilish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60711 | Инструменты