Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan taklif etilgan qaror loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, viloyatlararo chegara chiziqlarini bir chiziqga keltirish maqsadida quyidagi o‘zgarishlar taklif qilinmoqda:
Sirdaryo viloyatining 5 ta (Sirdaryo, Sayxunobod, Guliston, Boyovut tumanlari va Shirin sh) hududidan 310,4 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi;
Toshkent viloyatining 6 ta (Chinoz, Quyi Chirchiq. Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Bekobod tumanlari va Bekobod sh) hududidan 347,2 gektar yer maydoni Sirdaryo viloyati hududiga o‘tkazilishi; (O‘rtadagi farq 36,8 ga)
Namangan viloyatining Pop tumani hududidan jami 38,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi;
Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidan jami 26,3 gektar yer maydoni Namangan viloyati hududiga o‘tkazilishi. (O‘rtadagi farq 12,5 ga)
Mazkur qaror loyihasi deputatlar tomonidan maʼqullandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122310 | Инструменты