Huawei 1
Sirdaryo viloyati hokimi mahalladagi yo‘llarni tozalashga obodonlashtirish xodimlari jalb qilinganini tanqid qildi

Sirdaryo viloyati hokimi mahalladagi yo‘llarni, tomorqa va hatto aholi xonadonlarini tozalashga obodonlashtirish xodimlari jalb qilinganini tanqid qildi. Viloyat hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Xovos tumani Karvonsaroy mahallasida bo‘lib, tomorqalardan unumli foydalanish, hududni obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishgan Akmal Mahmudaliyev “obodonlashtirish ishchilari malay emas”ligini aytgan.

Hokimlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Akmal Mahmudaliyev ushbu mahalla raisini tanqid qilayotgani aks etgan video e’lon qilingan.

“Rais buva tushuning, oriyat bo‘lishi kerak. Men sizning o‘rningizda bo‘lganimda obodonlashtirishga mahallamga kelmanglar, o‘zim qilaman derdim.

Shirin shahar obodonlashtirishi kelib mahallangizning axlatini tozalab beryapti, oriyati yo‘qmi bu mahallaning kattalarini, odamlarining. Siz Shiringa borib tozalab berasizmi, hayotda qilmaysiz,  nima qilasiz menga bunaqa "risovka"ni, qilsin ana xonadon egalari. Mehnatga layoqatlilari bormi?” — degan raisga qarata hokim.

Videoda tomorqa yerda obodonlashtirish xodimlari bo‘lgan ayollar ketmon yordamida yer tozalayotganini ko‘rish mumkin.

“Nimaga ayollar ishlaydi, yoshi katta ayollar? Kimniki bu tomorqa, kimga berilgan, kim egasi? Nimaga chiqib qilmaydi u? Boring chaqiring, uyg‘oting hammasini. Boqimandalikka yo‘l ochib beryapsizlar”, — degan hokim.

Akmal Mahmudaliyev chiqindilar uchun mashina qildirish kerak bo‘lsa qildirib berishini bildirib, hammaga (aftidan ishlayotgan obodonlashtirish xodimlariga) ruxsat berilishini aytib, ketgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga