Huawei 1
Sirdaryoda fuqaro ov quroli bilan yovvoyi cho'chqani ovladi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sirdaryo tumani Sholikor MFYda yovvoyi to‘ng‘izlar axoliga hujum qilayotgani, natijada odamlar jarohatlanayotgani aytilmoqda" mazmunida videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ta'kidlanishicha, boshqarma hamda viloyat IIB JXX va JTSB, Ovchilik birlashmasi xodimlari bilan xamkorlikda voqea bo'yicha nazorat reyd tadbiri o'tkazilgan. 

Aniqlnishicha, holat 2022-yilning 7-oktyabr kuni Guliston tumani "Chortoq" SIU hududida sodir etilgan. Unda fuqaro B.A o‘ziga tegishli ov quroli yordamida ov qoidalarini buzgan holda 1 dona yovvoyi cho‘chqa ovlaganligi aniqlandi. Mazkur harakatlari yuzasidan fuqaro B.Aga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-modda 1-qismi bilan ma’muriy jarima jazosi belgilandu.

"Videotasvirdagi yovvoyi cho‘chqani odamlarga tashlanganlik holati(videomontaj) ushbu jarayonga talluqli emasligini ma’lum qilamiz", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61106 | Инструменты