Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida futbol o‘yini o‘tkazilayotgan paytda “Captiva” stadionga chiqib ketgani tasvirlangan video tarqaldi.
Holat Sirdaryo viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganilib, mazkur avtomashina haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277 moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli tartibda qamoqqa olingan, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122407 | Инструменты