Huawei 1
Sirdaryoda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasi o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati Guliston shahri “Bilimdonlar maskani” maydonida “Ichki turizm yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yarmarkada ichki turizm yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan turoperatorlar, hunarmandlar, rassomlar, joylashtirish vositalari (mehmonxona, hostel, mehmon uyi) va boshqa turizm sohasi vakillari ishtirok etdilar.

Yarmarka doirasida tashkil etilgan B2B va B2C uchrashuvlarida ichki turizm yo‘nalishida yangi hamkorlik kelishuvlarga erishildi.

Tadbir ishtirokchilari va mehmonlari uchun Sirdaryo viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan madaniy ko‘ngilochar dasturlar va aksiyalar tashkil etildi. Ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar hamda asosiy mukofotni, Samarqand shahriga 1 kunlik ikki kishilik bepul sayohatni, aksiyada g‘olib bo‘lgan 4 nafar ishtirokchi qo‘lga kiritdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 33107 | Инструменты