Skuterlar uchun haydovchilik guvohnomasi va ro‘yxatdan o‘tish majburiy bo‘ldi

Skuter va mopedlar soni ortib borayotgan bir paytda, yo‘llarda xavfsizlikka rioya qilish har qachongidan muhim.

2025 yilning shu paytiga qadar ushbu turdagi transport vositalari ishtirokida 303 ta YTH sodir bo‘lib, ulardan 259 nafari jarohat olish, 53 nafari esa halok bo‘lish bilan tugagan.

1 oktyabrdan boshlab:

Moped va skuterni faqat “A” toifali haydovchilik guvohnomasi bilan boshqarish mumkin;

Transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilishi va davlat raqami bo‘lishi shart.

Yangi talablar yo‘llarda xavfsizlikni oshirish, YTHlarni kamaytirish va qoidabuzarlikning oldini olishga qaratilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101411 | Инструменты