Huawei 1
So'nggi 3 yilda O'zbekistonda kiberjinoyatlar soni bir necha baravarga oshib ketgan — IIV

Bugungi kunda O'zbekistonda kiberjinoyatchilik so'nggi 3 yildagiga qaraganda bir necha barobar oshgan. Bu haqda AOKAda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi masʼul xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, yurtimizda kiberjinoyatchilikning asosiy quyidagi turlari ko'p uchramoqda:

— firibgarlar plastik karta foydalanuvchilariga kelgan SMS-xabarnomadagi kodlarni toʻlovni amalga oshirish, yutuqni berish kabi bahonalar orqali egallab, undagi mablagʻlarni oʻzlashtirish;

— shaxsiy maʼlumotlarni egallash va ularni oshkor qilish bilan qoʻrqitib tovlamachilik qilish (kibertovlamachilik);

— ijtimoiy tarmoqda zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish, haqorat, suitsid holatlari (kiberbulling) va boshqalar.

 Xorijiy davlatlar (Turkiya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari) tajribasi oʻrganilganda, aholida internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish orqali ularni ehtimoliy xavflardan barvaqt ogoxlantirish bu — internetdagi tahdidlarga qarshi kurashishdagi eng samarali usuli ekanligi maʼlum boʻldi.

Xususan, aholini barcha qatlamini kibertahdidlardan barvaqt ogoxlantirish va internet tarmogʻidagi sodir etiladigan jinoyatlar qurboniga aylanib qolmasliklarini oldini olish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida targʻibot tadbirlari olib borilgan

Targʻibot tadbirlari bilan aholini yanada kengroq qamrab olish maqsadida IIV Kiberxavfsizlik markazi tomonidan “Kiber-yordamchi” platformasi ishlab chiqilgan boʻlib, bu jinoyatchiliklarning oldini olishda yordam berib kelmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91907 | Инструменты