Huawei 1
Surunkali alkogolizmni davolovchi yangi ixtiro davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi — Adliya vazirligi

“Surunkali alkogolizmni davolovchi vosita” nomli ixtiro IAP 8081-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va huquqiy muhofazaga olindi.

Alkogolizm - bu spirtli ichimliklarga patologik ishtiyoq, ularga ruhiy va jismoniy qaramlik bilan tavsiflangan surunkali kasallikdir.

Yaratilgan ixtiro tibbiyotda, xususan, farmakologiya, narkologiya va alkogolizmni davolash uchun ishlatiladi. Ixtironing maqsadi - I va II bosqichdagi alkogolizmni davolash va uning qaytalanishining oldini olish hisoblanadi.

Ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazish, ya’ni patent olish sizning rivojlanishingiz uchun mutlaq huquqlarni himoya qilish uchun zarurdir.

U ixtiroingizni sizning ruxsatingizsiz boshqalar foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik huquqini beradi, bu esa ixtiroingizni nohalol raqobatdan himoya qilish va undan foydalanishdan potensial foyda olish imkonini beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90616 | Инструменты