Huawei 1
Endi O‘zbekistonda ham ismni mashinaga raqam qilib qo‘ysa bo‘ladi

Endi O‘zbekistonda ham ismni mashinaga raqam qilib qo‘ysa bo‘ladi. Bu haqda Hukumat qarori (562-son, 04.09.2025) qabul qilindi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasiga aholining talab va taklifidan kelib chiqqan holda avtomototransport vositalari uchun oltitagacha harf va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan "noyob" davlat raqami belgilarini ochiq kim oshdi elektron savdolarini o‘tkazish orqali berish huquqi berildi.

Bunda “noyob” davlat raqami belgilari amaldagi davlat raqami belgilarini takrorlamasligi, qonunchilikka va axloqiy normalarga xilof ma’noga ega bo‘lmasligi kerak.

Masalan, endi ko‘chalarda “SARVAR”, “AZIZA”, “ODIL” yoki “BUXORO” deb yozilgan raqamli mashinalarni ko‘rishimiz mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90615 | Инструменты