Huawei 1
Surxondaryo viloyati Angor tumanida o’qituvchilar “Open budjet” loyihasiga majburan ovoz yig’ib yurgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda "Open byudjetga ovoz yig‘ish o‘qituvchiga qoldimi yoki majburiy mehnat?" sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Unda Angor tumani "Navshaxar" maxallasida tumanning 36-maktab o‘qituvchilari bugun ish kuni bo‘lishiga qaramasdan open byudjet uchun ovoz yig‘ishmayotgani aytilgan.

"O‘qituvchilar so‘zi bo‘yicha topshiriq raxbarlardan.
Maktab direktori xam qayerdandir topildi va taxdid bilan prokurorga aytishni aytmoqda. Tabbiy savol tug‘iladi, prokuror o‘qituvchilar ovoz yig‘ishga topshiriq berganmi?",- deya izoh qoldiriladi xabarda.

Mazkur tarqalgan xabarlar viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olinib, hozirda ko‘rib chiqilmoqda.

"Xabarda prokuror o‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga topshiriq bergani savol ostiga olingan bo‘lib, ijtimoiy tarmoq faollaridan bu kabi yolg‘on axborot tarqatmaslik va tuhmatdan saqlanish so‘raladi",-deyiladi viloyat prokuraturasi izohida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121023 | Инструменты