Huawei 1
Surxondaryo viloyati hokimining o‘zini va o‘rinbosarlarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmoyishi bekor qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘rinbosarlari hamda tuman hokimlarini jami 661 mln so‘m bilan taqdirlagani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda hokim farmoyishi e'lon qilingan

Skrinshot: Surxondaryo viloyati hokimi farmoyishidan

Lekin ayni vaqtda ushbu farmoyish matni saytda yashirib qo'yilgan. 

Skrinshot: Surxondaryo viloyati hokimi farmoyishidan

Yashirib qo'yilgan farmoyish matniga ko'ra, 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o‘z faoliyatida erishayotgan muvaffaqiyatlari sabab viloyat hokimining 7 o‘rinbosarini rag‘batlantirish uchun 201 mln 250 ming so‘m ajratilgan. 

Shuningdek, viloyat hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarini rag‘batlantirish uchun 28 mln 750 ming so‘m, Termiz shahar va tumanlar hokimlarini rag‘batlantirish uchun 431 mln 250 ming so‘m, jami 661 mln 250 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.

Jamoatchilik vakillari ushbu farmoyishni keskin tanqid qilishdi. Shundan so'ng, viloyat hokimligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi va farmoyish qayta ko‘rib chiqilib, bekor qilinganini e'lon qilishdi.

"Ijtimoiy tarmoqlar orqali Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosarlari hamda shahar va tumanlar hokimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida qabul qilingan 2025-yil 20-yanvardagi 12-8-0-F/25-sonli farmoyishi yuzasidan turli postlar e’lon qilindi.

Mazkur farmoyish qayta ko‘rib chiqilib, bekor qilingan. Mablag‘lar "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturiga yo‘naltirilishi belgilanmoqda", deyiladi xabarda. 

Maqola muallifi: I. Farhodova

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20811 | Инструменты