O'zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Unda, shuningdek, Qirg'iziston, Tojikiston va Myanma konsullik idoralari rahbarlari va boshqalar qatnashdi.
Gubernator Andrey Travnikov Novosibirskda diplomatik vakolatxonalari faoliyat yuritayotgan davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlar, ayniqsa, iqtisodiyot, madaniyat, ta'lim kabi sohalarda izchil rivojlanib borayotganini ta'kidladi. Novosibirsk viloyati rahbari Rossiyaning ushbu hududi O'zbekiston bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni izchil mustahkamlashdan manfaatdorligini bildirdi.
Uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlari bilan 2025-yilga mo'ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha rejalar xususida fikr almashildi.
O'zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlari o'rtasidagi hududlararo hamkorlikning holati va joriy yilga mo'ljallangan istiqbolli rejalar haqida ma'lumot berdi.
Hududlararo savdo-iqtisodiy hamkorlikning muhim natijalaridan biri sifatida Novosibirskda yangi Osiyo-Sibir ulgurji va tarqatish savdo markazining taqdimoti o'tkazilgani qayd etildi.
Novosibirsk viloyati gubernatorining o'tgan yili sentyabr oyida O'zbekistonga bo'lib o'tgan safari yakunlari bo'yicha imzolangan 2025-2026-yillarda Surxondaryo viloyati bilan har tomonlama sheriklikni rivojlantirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" bandlarini to'liq amalga oshirilishiga alohida e'tibor qaratildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32521 | Инструменты