Huawei 1
Surxondaryoda bank boshqaruvchisi xizmat avtomobilida YTHga uchradi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo  viloyati tumanlarining birida Agrobank boshlig‘i kuni kecha bankka olingan yangi Onix avtomobilini mast holda boshqarib avariya qilib yuborgan” mazmundagi xabar tarqaldi. 

Holat yuzasidan “Agrobank” ATB Matbuot xizmati izoh berdi

Aniqlanishicha, bankning Oltinsoy filiali boshqaruvchisi A.Y. filialga tegishli bo‘lgan oq rangli Chevrolet Onix avtomobilini joriy yilning 18-aprel kuni kech soat 23:00 lar atrofida boshqarib ketayotganida yo‘l-transport hodisasiga uchragan.

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining so‘rovnomasiga asosan Oltinsoy tuman Tibbiyot birlashmasi shifokor narkologi tomonidan narkologik ekspertiza o‘tkazilib, 18-apreldagi “Mastlik holatini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazganlik to‘g‘risida”gi xulosasida mastlik holati aniqlanmaganligi qayd etilgan.

Hozirda mazkur  yo‘l-transport hodisasi yuzasidan YXX va ichki ishlar tergov organi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga