Kuni kecha Surxondaryo viloyati Denov shahrida bir guruh fuqarolar YPX xodimiga qarshilik qilib, janjal ko‘targani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgan edi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov izoh berdi.
Aniqlanishicha, Lacetti avtomashina haydovchisi qarama-qarshi bo‘lakda harakatlangani uchun YPX xodimi avtomashinani to‘xtatib, haydovchidan tegishli hujjatlarni taqdim etishni talab qilgan. Biroq, haydovchi YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan qarindosh urug‘lari bilan birga xodimga qarshilik ko‘rsatgan.
Ushbu holat yuzasidan JKning 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishi doirasida 3 nafar gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60613 | Инструменты