Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi yo‘l-transport hodisasida piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2025 yil 12 fevral kuni soat 23:20 larda M-39 Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lining Termiz tumani Xalqobod mahallasidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.
44 yoshli haydovchi Captiva mashinasini boshqarib kelib, piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 36 yoshli fuqaroni urib yuborgan.
Oqibatda fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, IIB mutasaddilari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan Xalqobod mahallasida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda haydovchilar va boshqalarga yo‘l harakati qoidalariga amal qilish uqtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22322 | Инструменты