Huawei 1
Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan tojik kavrak o‘simligining shirasini noqonuniy olgan fuqaro jarimaga tortildi

Surxondaryo viloyati Boysun tuman hokimligining zaxira yer maydonidagi kavrak o'simligiga fuqarolar tomonidan ruxsatnomasiz zarar yetkazilayotgani aniqlandi. Holat bo'yicha viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi o'rganish olib bordi.

O'rganish natijalariga ko'ra, fuqaro A.B. tomonidan tabiiy holda o‘suvchi O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan tojik kavrak (Ferula tadshikorum Pimenov) o‘simligining shirasi noqonuniy olinayotganligi aniqlandi. U 104 tup kavrak ildizini 2-3 marta kesib, shirasini olgan va o‘simlik dunyosiga 15 mln 600 ming so‘m zarar yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuning 36-moddasi talabini buzganligi uchun huquqbuzar A.Bga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 81-modda 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari, ya'ni 1 500 000 so‘m miqdorida ma’muriy jarima tayinlandi.Qo‘llanilgan ma’muriy jarima shu kuning o‘zida to‘liq undirilib, hozirda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni undirish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51809 | Инструменты