Surxondaryoda YPX xizmat mashinasi hamda "Lacetti" ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

2023-yilning 9-dekabr kuni soat 07: 30 larda Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati katta mutaxassisi leytenant Abrayev Elnur Muxiddinovich buyruq asosida o‘ziga biriktirilgan “Volkswagen Caddy” rusumli xizmat avtomashinasini Termiz shahri Barkamol avlod ko‘chasida boshqarib ketayotgan vaqtida, uch bo‘lakli qatnov qismining ikkinchi bo‘lagida, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan “Lasetti” rusumli transport vositasi haydovchisi ogohlantirish ishoralarisiz, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishi (o‘ng tomonga burilishi) natijasida yo‘l trasnport hodisasi sodir bo‘lgan

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Harbiy prokuraturasi masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10517 | Инструменты