Huawei 1
Suv omborlari, yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarini foydalanishga berish taqiqlandi

“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida ma'lum qilindi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, suv iste’molchilari uyushmalari o‘z a’zolarining yillik badallari, shartnoma asosida suv yetkazib berganlik va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar hisobidan moliyalashtiriladi.

Uyushmalar suvdan foydalanish qoidalari buzilganida, limitdan ko‘p suv olinganida, to‘lovlar vaqtida to‘lanmaganida iste’molchilarga suv yetkazishni to‘xtatishga haqli.

Suv omborlari, sel-suv omborlari, yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari foydalanishga berilmasligi belgilandi.

Shuningdek, ilgari ushbu tartiblar qonunda nazarda tutilmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20721 | Инструменты