Huawei 1
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

“Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (103-son, 14.03.2025 y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq, quyidagi imkoniyatlarga ega “Tadbirkor ayollar” platformasi 2025-yil 1-iyulgacha ishga tushiriladi:

— ayol tadbirkorlarga xomashyo sotib olishga ko'maklashish;
— o'zaro kooperatsiyani kengaytirish va mahsulotlarni sotish uchun bozor topish;
— zarur mutaxassislarni izlash va ishga qabul qilish;
— loyihalar doirasida yuzaga kelayotgan muammolarini aniqlash va ularga yechim topish.

2025-yil 1-maydan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Hamkor tadbirkor” dasturi yo'lga qo'yiladi:

— o'z biznesini tashkil etmoqchi bo'lgan xotin-qizlarda tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish;
— kooperatsiya asosida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yishga ko'maklashish;
— mahalliy va xalqaro elektron platformalarda xotin-qizlarga o'z mahsulotlarini joylashtirish va sotishga ko'maklashish.

2025-yil 1-avgustgacha Ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash yo'nalishida moliyaviy xizmatlar ko'rsatish strategiyasi tasdiqlanadi.

Yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31718 | Инструменты