Huawei 1
Tadbirkorlarga 2D-skanerlar xarid qilishda soliq imtiyozlari taqdim etiladi

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan foydalanishi shart. Bu haqda Soliq qo'mitasi xabar qilmoqda.

2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan  foyda soligʻi yoki AOS yoxud YTTlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalariga kamaytirish huquqi berildi.

Avval ushbu imtiyoz 2023-yilning 1-yanvariga qadar berilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91910 | Инструменты