Huawei 1
Italiyalik mashhur futbolchi Salvatore Skillachi vafot etdi

Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Salvatore Skillachi vafot etdi. U 59 yoshda edi.

1990 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi so‘nggi yillarda yo‘g‘on ichak saratonidan aziyat chekayotgan edi.

Skillachi «Yuventus», «Inter» va Italiya terma jamoasidagi o‘yinlari bilan tanilgan. 1990 yilgi jahon chempionati unga shuhrat keltirdi. U turnirning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi, garchi musobaqa boshlanishidan oldin u terma jamoaning asosiy hujumchisi sifatida ko‘rilmagan edi.

Biroq zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng birinchi o‘yinda gol urib, keyinchalik asosiy tarkibdan joy oladi va oltita gol bilan turnir to‘purari bo‘ladi.

Skillachi 33 yoshida doimiy bel og‘rig‘i tufayli futboldan ketadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91918 | Инструменты