Huawei 1
Tadbirkorlik subyektlarining javobgarligi majburiy sug'urta qilinadi

"Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" prezident farmoni imzolandi. Farmonga ko'ra, 2023-yildan quyidagi talablar bekor qilinmoqda:

- tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqida e’lon berish;
- yangi import avtomobillarini sotish faqat yuridik shaxslar – ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan amalga oshirilishi;
- elektr energiyasini elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan hajmlardan (oylik shartnomaviy miqdordan) ortiqcha iste’mol qilgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish;
- yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali davlat soliq xizmati organlarida alohida hisobga qo‘yish

Farmon bilan tadbirkorlik subyektlarining javobgarligi majburiy sug‘urta qilinadi. Unda tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish faqatgina quyidagi vositalar orqali amalga oshiriladi:

—tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
— tadbirkorlik subyektlari faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha lisenziyalash, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomillarini joriy etish;
— texnik jihatdan tartibga solish;
— tarif va notarif tartibga solish;
— qonunda belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlarining javobgarligini majburiy sug‘urta qilish;
— davlat nazorati;
— raqobatni himoya qilish;
— qonun bilan tadbirkorlik subyektlari hamda ularning mansabdor shaxslari javobgarligini o‘rnatish;
— hisobotlarni joriy etish;
— o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotga a’zolik (ishtirok etish) asosida o‘zini o‘zi boshqarishni joriy etish.

Qonunlar bilan tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning boshqa vositalari ham belgilanishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga