Jamoatchilik korrupsiya haqida xabar berishga qay darajada tayyor ekanini baholashga qaratilgan tadqiqot o‘tkazildi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra:
- Jamoatchilik ko‘pincha korrupsiyani poraxo‘rlik va qarindosh-urug‘chilik deb tushunadi.
- 50 foizdan ortiq respondentga ko‘ra, korrupsiya — bu mansabni suiisteʼmol qilish va qarindosh-urug‘chilik, 40 foizdan kamrog‘i uchun esa qimmatbaho sovg‘alar berishdir.
- Aksariyat kishilar sovg‘a berishni korrupsiya emas, balki minnatdorchilik deb biladi.
- Pora olish (88,4 foiz) va pora berish (68,4 foiz) ko‘pchilik tomonidan qoralanadi, ammo yaxshi xizmat uchun kichik sovg‘alar odatiydek qabul qilinadi.
- Respondentlarning 74,0 foizi korrupsiya holatlari haqida xabar berishga, jumladan, 82,2 foizi elektron platforma yoki mobil ilova orqali xabar berishga tayyor.
- 12 foiz respondent korrupsiya haqida xabar berishni salbiy holat deb hisoblaydi.
- Xabar bermaslikning asosiy sabablari sifatida korrupsiyadan o‘zlari manfaatdorligi (19,8 foiz) va kimga murojaat qilishni bilmaslik (20,4 foiz) qayd etgan.
- Soʻralganlarning yarmi xabar berish oqibatlaridan qoʻrqadi, 13,8 foizi esa minnatdorchilik belgisi sifatida oʻzi xohlab pul berishini ta'kidladi.
- Respondentlarga ko'ra, “Suyunchi”, “to‘yona”, “rahmat” kabilar ham faqatgina minnatdorlik, hurmat va qo'llab-quvvatlash uchun ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladi.
- 64 foiz respondent korrupsiyaga qarshi kurashuvchi idoralarga ishonadi.
Tadqiqotning to‘liq natijalari bilan bu yerda tanishing.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121219 | Инструменты