Turar joy majmualarining nomi o‘zbek tilida bo‘lishi talabi qo‘yildi

22 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi qurilish sohasiga oid yangi qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab:

turar joy majmualarini qurishda obekt nomi davlat tilida bo‘ladi hamda davlat tili qoida va talablariga rioya etilishi lozim;

qurilish obektlari loyihalari aks etgan bino pasporti, peshlavhasi, qurilish maydonlari atrofidagi vaqtincha devor va to‘siqlardagi barcha yozuvlar, shu jumladan reklama va e’lonlar matnlari davlat tilida yoziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102423 | Инструменты