Talabalar va o‘quvchilarning temiryo‘l chiptalari 24 fevralga qadar bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi
Avvalroq, koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar o‘rtasida tarqalishi yuqoriligini e’tiborga olgan holda 24 yanvardan boshlab barcha oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda ta'lim jarayoni bir oy muddat davomida masofaviy shaklda olib borilishi haqida xabar bergan edik.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabariga ko'ra, temiryo‘l chiptalari tarif qismidan berilgan 50 foiz miqdoridagi chegirmalar saqlab qolinadi va 2022 yil 24 fevralga qadar temiryo‘l chiptalari bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.
Talabalar va o‘quvchilar chiptalarini bemalol temir yo‘l kassalariga borib almashtirib olishlari mumkin.
"Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin", deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60421 | Инструменты