Taniqli geolog olim Habibulla Akbarov 77 yoshida vafot etdi
Taniqli geolog olim, O'zbekiston Respubikasi Fanlar akademiyasi akademigi Habibulla Akbarov 2023-yilning 8-aprel kuni 77 yoshida vafot etdi.
Habibulla Akbarov 1936-yilda Toshkentda tug'ilgan. Geolog olim. 1958-yilda Oʻrta Osiyo politexnika institutining geologiya-qidiruv fakultetini tugatgan.
Mehnat faoliyati
Oʻrta Osiyo geologiya va mineral xom ashyo institutida sektor mudiri (1968-79), boʻlim mudiri (1979-86), direktor oʻrinbosari (1987–91). 1992–96 yillarda ToshDTU prorektori va ayni vaqtda shu universitet foydali qazilma konlari kafedrasi mudiri. 1996-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Yer haqidagi fanlar boʻlimi raisi va fanlar akademiyasi Prezidiumi a’zosi (1997-yildan).
"Uzreport.news" jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111800 | Инструменты