"Tashabbusli budjet" tizimiga xakerlik hujumlari kuzatildi - Iqtisodiyot va moliya vazirligi

“Tashabbusli budjet” jarayonining 2023-yil 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi 27-avgustdan boshlandi. Ovoz berish jarayonlarining dastlabki kunlari foydalanuvchilar tomonidan tizimda ayrim texnik muammolar kuzatilayotgani boʻyicha eʼtirozlar bildirildi.

Ushbu holat ovozlar sonini sunʼiy ravishda koʻpaytirish maqsadida ishlab chiqilgan norasmiy botlar orqali ovoz yig‘ish, shuningdek, turli xil spam va xakerlik hujumlari oqibatida yuzaga keldi. Bu kabi urinishlarning oldini olish uchun qoʻyilgan cheklovlar natijasida axborot portalida bir qator uzilishlar roʻy berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31507 | Инструменты