“Tashabbusli budjet”ga ovoz berish qaytadan boshlandi

“Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi 1-mavsumida ovoz berish jarayoni, 16-mart soat 00:00 dan qayta boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, jarayon 4-aprel soat 23:59 gacha davom etadi.

O‘zbekistonda 13-martdan “Tashabbusli budjet”ga ovoz berish jarayoni boshlanishi belgilangan. Biroq ovoz berish uchun zarur platforma – “Open budjet” portalida texnik nosozlik kuzatilgan edi. 

Joriy mavsumda ilgari surilgan loyihalarni amalga oshirish uchun davlat budjetidan 3 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Bunda har bir loyiha uchun eng yuqori qiymat 1 milliard 360 million so‘mni tashkil etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31507 | Инструменты