“Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumiga ovoz berish boshlandi

13-martdan, “Tashabbusli budjet”ning 2024-yil 1-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlandi.

Bu mavsumda respublika bo‘ylab jami 35 575 ta taklif kelib tushgan. 

G‘olib chiqqan tashabbuslarni moliyalashtirish uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan jami 3,02 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

Joriy yildan boshlab “Tashabbusli budjet” jarayonlarida ovoz berish bosqichi bir fuqaro – bir ovoz tamoyili asosida amalga oshiriladi. Berilgan ovozlar egasining shaxsiga aniqlik kiritish va har bir fuqaro tomonidan berilgan ovozni aniqlash tizimi joriy etiladi. Bu o‘z navbatida bir nechta sim-kartasi bo‘lgan fuqarolarning bir necha marta ovoz berishiga chek qo‘yadi. G‘oliblarni aniqlashda ham haqqoniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31507 | Инструменты