“Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy sahifasida ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, ovoz berish jarayonlari 20-mart soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Ovozlarni quyidagi manzillar asosida bersangiz bo'ladi:
1. “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
2. Portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
3. Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishingiz mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31205 | Инструменты