"Tashkent City"da qurilayotgan "Nest One"da chiqqan yong'in bo'yicha FVV ma'lumot berdi
Bugun, 5-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Tashkent сity “Nest One“ atrofida nimalar bo‘lmoqda” sarlavhasi ostida bir qancha materiallar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu vaziyat yuzasidan ma'lumot berdi.
Bugun soat 17:26 da Toshkent shahar Shayxontoxur tumanida joylashgan “Nest One” qurilish binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:27 da yetib borib, yong‘in soat 17:38 da o‘chirilgan. Yong‘in natijasida binoning D blok 7-qavatida ta'mirlash ishlari vaqtida 4 kv.m maydonda qurilish materiali yongan.
Shuningdek, yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘qligi ham ta'kidlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60409 | Инструменты