Huawei 1
TATU texnikumi negizida Toshkent Puchon universitetining Axborot texnologiyalari fakulteti tashkil etiladi

Joriy yil 18-avgust kuni kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rektori Xan Jong Sok bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ta’lim, AKT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha fikrlar almashildi. Jumladan, AKT vazirligi bilan hamkorlik qilgan holda ta’lim sifatini ta’minlash, yuqori malakali IT mutaxassislarni tayyorlash, korxona va tashkilotlar bilan universitet o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Janubiy Koreyaning Puchon universiteti va Toshkent Puchon universiteti rahbariyati bilan Toshkent axborot texnologiyalari texnikumi negizida Toshkent Puchon universitetining Axborot texnologiyalari fakulteti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Uchrashuv davomida IT kadrlarni tayyorlashda koreyalik mutaxassislar bilan birgalikda ish olib borish, ularni O‘zbekistonga jalb etish, IT autsorsing yo‘nalishini rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin bu yildan Toshkent arxitektura-qurilish institutida “Raqamli Universitet” tizimi joriy etilishi haqida xabar bergan edik

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60422 | Инструменты