Huawei 2
«Temir daftar»ga qanday toifadagi oilalar kiritiladi?

Ayni daqiqalarda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida «Temir daftar» tushunchasi haqida ma'lumot berilmoqda.

«Temir daftar»ni yuritishda ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi, jumladan:

- kam ta'minlangan;

- nogironligi bo'lgan;

- ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar;

- yakka-yolg'iz keksalar;

- doimiy ishsiz fuqarolar;

- karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar;

- og'ir epidemiologik hududlardan qayrib kelingan fuqarolarni kambag'allikdan chiqarish choralari ko'riladi.

Mas'ul xodimlar o'zining kunlik amalga oshirgan ishlari yuzasidan «Temir daftar»idagi ma'lumotlarni saxovat.argos.uz saytiga raqamli imzo kaliti orqali elektron shaklda kiritib boradi;

«Temir daftar»ga tushgan oilaning hech bo'lmaganda bitta a'zosini joriy yilda ish bilan ta'minlanib, shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarish choralari ko'riladi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga