Huawei 1
Termiz va Sochi shaharlari o‘rtasida 1-apreldan boshlab aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yil 1-apreldan boshlab “Termiz xalqaro aeroporti”dan ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiyaning Sochi shahriga “Termiz-Sochi” (Adler) yo‘nalishida yangi aviareys parvozi boshlanadi.

Parvozlar zamonaviy va xavfsiz bo‘lgan “Superjet-100” havo kemasida “Azimut” aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi va “Termez-Sochi” (Adler) yo‘nalishida parvoz vaqti 3 soat 50 daqiqani tashkil etadi.

Aviareyslar haftaning dushanba kunlari “Termiz-Sochi” va “Sochi-Termiz” yo‘nalishida amalga oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60709 | Инструменты