"Termiz" xalqaro aeroporti rekonstruksiyadan so‘ng yana ishga tushirildi

Bugun, 26-dekabr kuni Termiz xalqaro aeroporti samolyotlarni qabul qilish va jo'natish uchun yana ochildi. Aeroport 55 kunlik tanaffusdan so‘ng (1-noyabrdan beri) ilk reysni qabul qildi“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent —   Termiz yo‘nalishi bo‘yicha HY-65 reysi, bortida 146 nafar yo‘lovchilar bilan, mahalliy vaqt bilan soat 08:15 da Termiz aeroportiga kelib qo‘ndi.Qayta qurish doirasida uzunligi 3000 metr va eni 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yurish yo‘laklari va uchta samolyot to‘xtash joyi uchun perronni o‘z ichiga olgan. Undan tashqari yangi 4E toifali aerodrom majmuasi qurildi.Shuningdek, aerodromga zamonaviy CAT-I ICAO yoritish uskunalari tizimi, meteorologik va radionavigatsiya qo'nish tizimlari o'rnatildi. 

Yangi aerodrom majmuasini qurish loyihasi 550 milliard so‘mga baholanmoqda. Ayni paytda 377 milliard so‘mlik ishlar bajarilgan. Loyihaning yakuniy bosqichi — uchta samolyot turar joyi va ikkinchi yurish yo‘lagi 2023-yilning apreligacha yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

Termizdagi yangi aerodromning uchish-qo‘nish yo‘lagi betondan qurilgan. Bu Surxondaryo viloyatining issiq iqlimi sharoitida eng yaxshi yechim. Ya'ni betondan yasalgan uchish-qo‘nish yo‘lagi mustahkamroq va chidamliroq bo'ladi. Bugungi kunga qadar faqat Navoiy va Termiz aeroportlarida betondan uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52104 | Инструменты