Huawei 1
"Termiz xalqaro savdo markazi" zonasida 15 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev "Termiz xalqaro savdo markazi" erkin savdo zonasi rivojlantirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni tasdiqladi

Farmon bilan markaz hududida faoliyat yurituvchi O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlariga Afg‘oniston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnoma olmasdan mehnat shartnomalari asosida ishga qabul qilishga ruxsat beriladi.

Afg‘oniston va Pokiston fuqarolariga savdo do‘konlari, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan bino va inshootlarni ijaraga olish, shuningdek, istisno tariqasida, mulk huquqi bilan sotib olish huquqi beriladi. Bunda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq qonunchilikda belgilangan tartibda ijara huquqi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, ulgurji va chakana savdoda to‘lov vositasi sifatida, istisno tariqasida, o‘zbek so‘mi bilan bir vaqtda AQSH dollari, Rossiya rubli, yevro, yuan valyutalarini qabul qilishga ruxsat beriladi. Bunda qabul qilingan naqd xorijiy valyuta Markazda tashkil etilgan tijorat banklari filiallari orqali Markazda faoliyat yuritadigan yuridik shaxslarning hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, chegara va bojxona nazoratidan o‘tgan holda maxsus yo‘lak orqali kirishi (chiqishi) hamda o‘n besh kun muddatgacha markaz hududida bo‘lishi tartibi joriy etiladi.

Yangi tartibga muvofiq, markaz hududida:

- sotib olingan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (Tax free) qoidalari qo‘llanmaydi; 

- xarid qilingan tovarlar O‘zbekiston hududiga belgilangan tartibda bojxona to‘lovlari to‘langandan so‘ng olib kiriladi. Bunda bojsiz olib kirish normalari tatbiq etilmaydi;

- joylashgan obyektlarni boshqarish, ekspluatatsiya qilish, ijaraga berish va sotish Termez International Trade Centre MCHJ tomonidan amalga oshiriladi;

- jamoat tartibini saqlash, sodir etilgan huquqbuzarliklar bo‘yicha surishtiruv va tergov tadbirlarini o‘tkazish qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Afg‘onistonning Mozori Sharif shahridan markaz hududigacha (95 km) ekspress avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110105 | Инструменты