Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar bo‘limi, prokuratura va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Termizshahargaz” gaz taʼminoti bo‘limi boshlig‘i F.H. “M.M.” oilaviy korxonasining umumiy ovqatlanish shoxobchasida gaz nuqtalarini tashkil etish va ularni tarmoqqa ulashga ruxsat hamda texnik shart xulosasini berishi evaziga 700 AQSH dollari va loyiha hujjatlarini arzon narxlarda tayyorlab berishi uchun yana 2 mln so‘m talab qilib, ushbu pullar hisobidan 5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111311 | Инструменты